Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«UNLIM» servisi

UNLIM servisi abonentga tanlangan opsiya to‘plamiga kiradigan manbalarga, cheklanmagan kirishni taqdim qiladi.

Trafik internet tarmog‘idan faqat manbalarning rasmiy mobil ilovalarida yoki brauzerdagi rasmiy mobil versiyasidan foydalanganda tariflanmaydi.

Faqat Mobiuz mobil ilovasida ulash imkoniyati mavjud (ilovani yuklab olish)

Opsiya

Kiritilgan manbalar

Abonent to‘lovi (oyiga/kuniga)

Unlim «Premium»

Instagram, Facebook

Facebook messenger,

Vkontakte, Odnoklassniki 

Telegram, WhatsApp, Viber

Youtube, Skype, Zoom

LinkedIn

30 000 so‘m/1 500 so‘m

Foydalanish shartlari

  • Opsiya bo‘yicha abonent to‘lovi har oy, opsiya o‘chadigan paytgacha yechiladi.
  • Har oylik qiymatni yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmagan holatda, boshqa yechish uslubiga (har kunlik) o‘tish amalga oshiriladi.
  • Servisning opsiyasini faqat mobil ilovada ulash imkoniyati mavjud.
  • Servisni mobil ilovada va *230# USSD-menyusida boshqarish/o‘chirish imkoniyati mavjud
  • Ulash uchun to‘lov yo‘q.
  • Faqat balansda har oylik abonent to‘lovini amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lganda ulash imkoniyati mavjud.
  • Servis faqat jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan TRga ulangan abonentlarga taqdim etiladi («Mobiuz 8 yil» tarif rejasidan tashqari)
  • Servis faqat manbalarning rasmiy mobil ilovalari va brauzerdagi rasmiy mobil versiyasida internetdan foydalanish uchun taqdim etiladi.
  • Servisning boshqa internet-xizmatlar va opsiyalar orasida ishlatilish ustuvorligi – birinchi.
  • Ushbu servisdan foydalanganda ma’lumotlarni uzatish tezligi cheklanmaydi.
  • Roumingda internet belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.
  • Abonent bloklangan holatda, ushbu xizmat doirasida internetga kirish taqdim etilmaydi.
  • Opsiya manbalariga proksi-serverlar, VPN yoki vositachilik saytlari orqali ulanganda, trafik narxi tarif rejasining shartlariga muvofiq to‘lanadi yoki trafik barcha yo‘nalishlarga taqdim etiluvchi amaldagi internet-to‘plamning balansidan yechiladi.
  • Opsiya doirasida cheksiz manbalardan proksi-serverlar, VPN, vositachilik saytlari orqali foydalanganda yoki telefon modem sifatida ishlatilganda, trafik uchun to‘lov tarif rejasining shartlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi yoki trafik mavjud bo‘lgan barcha yo‘nalishlar uchun taqdim etiladigan internet-to‘plamdan sarflanadi.
  • Ushbu servisdan GPRS/EDGE/3G/4G/5G tarmoqlarida foydalanish imkoniyati mavjud.
  • «Kunlik Unlim» xizmati va «Unlim» servisi opsiyasi bir vaqtning o‘zida ulanganda «Kunlik Unlim» xizmati doirasidagi tezlik faqat ulangan opsiyaga kirmagan manbalar uchun cheklanadi.
  • Servisni ulash imkoniyati faqat balansda yetarli miqdordagi mablag‘ bo‘lganda mavjud.
  • Abonent to‘lovi birinchi kundan, opsiya ulangan paytdan boshlab yechiladi. Agar abonent balansida ulangan opsiya bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent balansni opsiya bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bilan to‘ldirmagunga qadar bo‘ladigan, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklashga tushadi.
  • Bloklangan holatda opsiyani o‘chirish imkoniyati mavjud emas.
  • Smartfonlar oldindan o‘rnatilgan sozlamalar bo‘yicha fon tarzida quyidagi amallarga mobil trafikni sarflashadi: tizim yangilanishlari, ilovalarning yangilanishlari, vidjetlar (ob-havo, kalendar va boshq.) va ijtimoiy tarmoqlarnining ma’lumotlarini moslashtirish, hamda tahlillovchi-hisoblagichlarga. Ushbu yo‘nalishlarga internet-trafik tarif rejasining shartlariga muvofiq tariflanadi yoki trafik barcha yo‘nalishlarga taqdim qilinadigan, amaldagi internet-to‘plamning balansidan yechiladi.
  • Abonent « Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmatini faollashtirganda, ushbu taqiq Unlim opsiyasiga ham amal qiladi.
  • Agar bir vaqtning o‘zida abonent to‘lovining yechilishi bir kunga to‘g‘ri keladigan servisning bir nechta opsiyalari ulangan bo‘lsa yoki Unlim servisi bo‘yicha yechib olish sanasi tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini yechib olish sanasi bilan bir kunga to‘g‘ri kelsa, navbatdagi abonent to‘lovini yechib olishda:
  • 1) agar abonent hisobida har bir ulangan servis bo‘yicha (bir nechta Unlim xizmatlari yoki Unlim+tarif bo‘yicha abonent to‘lovi) abonent to‘lovlarining to‘liq qiymatini yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, servislar bo‘yicha abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olinadi, keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi;
  • 2) agar abonent hisobida har bir ulangan servis bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovlarini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmasa, lekin har bir servis bo‘yicha boshqa (har kunlik) abonent to‘lovlarini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lsa, har bir servis bo‘yicha abonent to‘lovi kunlik hajmda yechib olinadi, keyingi yechib olish sanasi 1 kunga suriladi;
  • 3) agar abonent hisobida har bir ulangan servis uchun boshqa (har kunlik) abonent to‘lovlarini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent balansni ulangan xizmatlar bo‘yicha barcha abonent to‘lovlarini (ulangan xizmatlar bo‘yicha kunlik abonent to‘lovlari qiymati yoki ulangan xizmatlar bo‘yicha to‘liq abonent to‘lovlari) yechib olish uchun yetarli mablag‘ bilan to‘ldirmagunga qadar bo‘ladigan, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklashga tushadi.
  • «Unlim» servisining qiymatini abonentning balansidan yechib olish 00:00 dan boshlanadi. Abonent «Unlim» servisini tungi paytda 00:00 dan keyin o‘chirgan holatda, xizmatning yangi davr (oy/kun) uchun qiymati to‘liq hajmda yechib olinadi. Yechib olingan mablag‘lar qayta hisoblanmaydi va qaytarilmaydi.
  • Narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.
Ro'yxatga qaytish