Xizmat narxi – 10 000 so'm.
«Raqamni almashtirish» xizmati abonentga abonentlik raqamini, SIM-kartani almashtirmasdan, avvalgi raqamda oldinroq ulangan xizmatlar va amaldagi tarif rejasini saqlab qolgan holda almashtirish imkoniyatini taqdim qiladi.
Almashtirilayotgan raqam navbatdan tashqari yoki alohida toifadagi bo'lishi ham mumkin.
Xizmatdan yozma ariza asosida va faqat Mobiuz shaxsiy ofislarida, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilgan holda foydalanish mumkin.
«Raqamni almashtirish» xizmatidan jismoniy shaxslar uchun mo'ljallangan barcha tariflarda foydalanish mumkin.
«Raqamni almashtirish» xizmati quyidagi holatlarda taqdim etilmaydi:
-
Yangi ulanishlar uchun o'tkazilayotgan aksiyalar doirasida.
-
GSM-shlyuzlarda ishlatilayotgan raqamlarga.
-
Raqam aksiya doirasida ulangan bo'lsa, aksiya shartlari bajarilmagunga qadar.
-
Agar raqamni almashtirish bo'yicha murojaat qilingan paytda, abonentda amaldagi raqamda va boshqa barcha shaxsiy hisoblar bo'yicha (ushbu abonent nomiga ro’yxatga olingan barcha abonentlik raqamlari, shuningdek bekor qilingan raqamlar bo'yicha ham) qarzdorlik mavjud bo'lsa.
Muhim: «Raqamni almashtirish» xizmatidan faqat o'sha hududning o'ziga tegishli bo'lgan abonentlik raqamiga almashtirilganda foydalanish mumkin.