SIM-kartani almashtirish xizmati narxi – 20 000 so‘m. Yangi SIM-karta bilan yana aloqada bo‘lasiz!
SIM-kartani almashtirish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan Kompaniya ofisiga tashrif buyurish yoki havola bo‘yicha saytdagi shaklni to‘ldirish (jismoniy shaxslarga) kerak.
SIM-karta Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan abonent bevosita murojaat qilgandagina (yoki onlayn talabnoma yuborilganda) almashtirib beriladi.
Agar abonent yuridik shaxs bo‘lsa, SIM-kartani almashtirish rasmiy xat asosida amalga oshiriladi.
Agar abonent nomidan uning qonuniy vakili murojaat qilsa, SIM-karta ishonch bildiruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarida ko‘zda tutilgan tartibda berilgan muayyan huquqlar va xatti-harakatlar ta’riflangan ishonchnoma asosida almashtiriladi. Bunday hollarda ishonchli vakil ishonchnomaning asl nusxasi bilan birga shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ham taqdim etishi kerak.
Izohlar:
-
Narxlar soliqlarni hisobga olgan holda ko‘rsatilgan.
-
SIM-kartani almashtirish narxi (20 000 so‘m) jismoniy shaxslar uchun yillik tarif rejalari hamda “Faxriy”, “Mobiuz bilan birga” tarif rejalaridan tashqari barcha tariflar uchun haqiqiy.
-
Jismoniy shaxslar uchun yillik tarif rejalari hamda “Faxriy”, “Mobiuz bilan birga” tarif rejalari abonentlariga SIM-kartalar bepul almashtirilib beriladi.