Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Tariflar
O'qituvchi 1
16 000 so'm
Abonent to‘lovi oyiga
Tanlash
2 000 daqiqa
O‘zbekiston bo‘yicha barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga
4000 MB
Mobil internet
100 SMS
Tarif haqida batafsil
  • O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

    50 so‘mMobiuz abonentlariga (2000 daqiqalik limit tugagandan keyin)

    50 so‘mO’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (2000 daqiqalik limit tugagandan keyin)

    50 so‘mShahar raqamlariga (2000 daqiqalik limit tugagandan keyin)

  • O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

    0 so‘mKiruvchi SMS-xabar

    84,2 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (100 SMS limit tugagandan keyin)

    84,2 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (100 SMS limit tugagandan keyin)

    1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar

  • Internetning 1 MB trafigi

    421,04 so‘m1 MB Internet-trafik uchun

  • Foydali buyruqlar:
    • *100# - balans, tarif rejasi  va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining  qoldig‘ini bilish*

    • *104# - xarid qilingan SMS-to’plamlari qoldig’ini bilish
    • *102# - xarid qilingan Internet-to’plamlar qoldig’ini bilish*
      *qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak
  • Shartlar:

    • «O'qituvchi 1» TR’ga ulanish va o'tish uchun Xalq ta’limi vazirligi tizimi ishchisi pasportining asl nusxasini, guvohnomasining asl nusxasini yoki Xalq ta’limi vazirligi tizimi ishchisi ekanligini tasdiqlovchi hujjat (xodimni ishga olinganligi haqidagi buyruqdan ko‘chirma,Xalq ta’limi vazirligi tizimining ishchisiga berilgan guvohnoma (asl nusxasi)) taqdim etishi kerak.

    • Yuqorida keltirib o‘tilgan hujjatlarsiz mazkur tarif rejasiga ulanish yoki o'tish amalga oshirilmaydi.  

    • Ushbu tarif rejasiga faqat Mobiuz ’ning Xizmat ko‘rsatish markazlarida  ulanish va o'tish mumkin.

    • Ushbu tarif rejasida bitta jismoniy shaxsga bitta ulanishni amalga oshirish mumkin.

    • 30.12.2022y. dan tarif rejasiga ulanishda abonentdan «Tarmoqdan foydalanish imkoniyatini taqdim qilish» xizmati uchun 7000 so‘m miqdoridagi bir martalik to‘lov olinadi.
    • Tarif rejasiga ulanishda abonentga 1000 MB 10 kunga bonusli Internet-to‘plami taqdim etiladi.
    • Abonentda bir necha turdagi Internet-to‘plamlar mavjud bo‘lsa, ularning sarflanish tartibi quyidagicha bo‘ladi:
    • Ulanishdagi 1000 MB bonusli to‘plam doirasidagi trafik -> Kunlik internet-to‘plam -> TR doirasidagi trafik -> OnNet xizmati doirasidagi trafik -> oylik internet-to‘plam>
    • Qo'ng'iroqlarni narxlash daqiqalar bo’yicha amalga oshiriladi.

    • Barcha chiquvchi qo’ng’iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo’ng’iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.

    • TR abonent to’loviga kiritilgan daqiqa, MB va SMS to’plamlari 1 kalendar oy muddatga taqdim etiladi. Yangi to’plamni belgilash har oyning 1-sanasida amalga oshiriladi.

    • Ushbu tarif rejasidan har qanday boshqa tarif rejasiga o‘tilganda, yechib olingan abonent to‘lovi qayta hisoblanmaydi va/yoki qaytarilmaydi. Foydalanilmagan daqiqa, MB va SMS keyingi davrga o‘tkaziladi va yangi tarif rejasi shartlariga muvofiq berilgan yangi to‘plamlar bilan qo‘shiladi.

    • Ushbu tarif rejasiga o‘tilganda, oldingi tarif rejasidagi foydalanilmagan daqiqa, MB va SMS keyingi davrga o‘tkaziladi va mazkur tarif rejasining shartlariga muvofiq berilgan to‘plamlar bilan qo‘shiladi.\

    • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 
    • «O'qituvchi 1» TR’da “Gap ko‘p” xizmati ishlaydi. Ulash narxi : 10 000 so'm.
    • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.

    • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.

    • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrland, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.

    • Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kaymanov orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.

    • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.

    • «O'qituvchi 1» TR ning amaldagi abonentlaridan abonent to’lovini yechib olish:

    • Abonent to’lovini yechib olish har oyning 1-sanasida soat 00:00 dan keyin amalga oshiriladi.

    • «O'qituvchi 1» tarif rejasiga ulangan yoki o’tgan abonentlardan abonent to’lovini (16 000 so'm) yechib olish uchun mazkur oyning oxirgi kuni soat 23:59 dan kech bo’lmagan davrda abonentning balansi kamida 16 000 so'mni tashkil etishi kerak.

    • Abonent to’lovini yechib olish paytida abonent hisobida 16 000 so'mdan kam mablag’ bo’lsa, raqam qisman bandlanadi va abonent “Aloqadaman” xizmati shartlariga ko’ra kiruvchi qo’ng’iroq va SMS’larni qabul qila oladi.

    • Bunday holatda abonent hisobini kamida 16 000 so'mga yetadigan summaga to’ldirgandan keyin abonent to’lovi bir sutka muddat ichida yechib olinadi.

    • Abonent hisobini 16 000 so‘m summasiga yetkuncha to’ldirgandan keyin tarifga kiritilgan daqiqa, MB va SMS dan foydalanishi mumkin.

    • Masalan: 1-sentabr holatiga ko’ra abonent balansida 15000 so‘m mavjud – bunday holda abonent to’lovi yechilmaydi va raqam qisman bandlanadi. Deylik, abonent yetmayotgan summani (kamida 1 000 so‘mni) 5-sentyabr kuni to’laydi. Hisob kamida 16 000 so'mni tashkil qilgan zahotiyoq tarifga kiritilgan daqiqa va SMS’dan kalendar oyining oxirigacha foydalanish mumkin. Abonent to’lovi bir sutka davomida to’la hajmda (16 000 so'm) yechib qolinadi.

    • Abonent 1-sanada qisman bandlangan (kiruvchi qo‘ng‘iroq va SMS larni qabul qila oladigan) holatda bo’lsa va 2-sanada yoki keyinroq balansini to’ldirsa, abonent to’lovi to'laligicha (16 000 so'm) yechib qolinadi.

    • Agar abonent qisman bandlangandan  keyin bir oy muddat otib, balansini 16 000 so'mga yetkuncha to’ldirsa, abonent to’lovini yechib olish va to’plamlarni belgilash faqat mazkur oy uchun, qancha muddat bloklangandan qat'iy nazar lekin to’laligicha bir oylik hajmda amalga oshiriladi.

    • «O'qituvchi 1» TR yangi abonentlaridan abonent to‘lovini to’lovini yechib olish:

    • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda abonent to’lovini yechib olish kalendar oyining qolgan kunlariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.

    • Abonent to’lovini yechib olish tarifga ulanilgan/o’tilgandan keyin bir sutka davomida amalga oshiriladi.

    • Ushbu tarif rejasi doirasidagi daqiqa va SMS oyning qolgan kuniga mutanosib ravishda beriladi.

    • Ushbu tarifdan boshqa tarif rejasiga o’tilganda yechib olingan abonent to’lovi qayta hisoblab va/yoki qaytarib berilmaydi.
Barcha tariflar
Boshqa tariflar