Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Tariflar
Mobiuz bilan birga
8400 so'm
Abonent to'lovi oyiga
1 000 daqiqa
Mobiuz tarmog‘i ichida
2 000 MB
mobil internet oyiga
500 SMS
oyiga
Tarif haqida batafsil
  • O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

    20 so‘mMobiuz abonentlariga (berilgan daqiqalar tugagandan keyin)

    20 so‘mO’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga

    20 so‘mShahar raqamlariga

  • O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

    0,00 so‘mKiruvchi SMS-xabar

    84,21 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – Mobiuz abonentlariga (berilgan SMS tugagandan keyin)

    84,21 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O’zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlarga (berilgan SMS tugagandan keyin)

    1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar

  • Internetning 1 MB trafigi

    421,04 so‘m1 МВ internet (berilgan MB tugagandan keyin)

  • Foydali buyruqlar:
    • *100#- balansni, tarif rejasini va tarifga kiritilgan daqiqalar qoldig‘ini bilish*
    • *111*018# - ulangan SMS-to‘plamdagi trafik qoldig‘ini bilish.
    • *102# - ulangan Internet-to‘plamdagi trafik qoldig‘ini bilish*

    *qoldiqni faqat internet-sessiya faol bo'lmagan holatda tekshirish kerak

  • Shartlar:
    • Qo'ng'iroqlrni narxlash daqiqalar bo’yicha amalga oshiriladi.
    • Barcha chiquvchi qo’ng’iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo’ng’iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB.
    • Narxlar soliqlarni inobatga olgan holda ko‘rsatilgan.
    • «Mobiuz bilan birga» tarif rejasiga ulanilgandagi boshlang‘ich to‘lov – 3 000 so‘m. Ushbu mablag‘ to‘laligicha hisobga tushadi.
    • «Mobiuz bilan birga» tarif rejasiga faqat imkoniyati cheklangan (1-guruh yoki 2-guruh nogironligi bor) shaxslar ulanishlari yoki o‘tishlari mumkin.
    • «Mobiuz bilan birga» tarif rejasiga ulanish yoki o‘tish uchun Mobiuz ga qarashli ofislarning biriga murojaat qilib, abonent pasportining asl nusxasini va 1-guruh yoki 2-guruh nogironligi ko‘rsatib o‘tilgan nafaqa daftarchasini taqdim etish kerak.
    • Ushbu tarif rejasidan boshqa tarif rejasiga o‘tish mumkin. O‘tish narxi – 0,00 so‘m.
    • Bitta imkoniyati cheklangan (1-guruh yoki 2-guruh nogironligi bor) shaxs nomiga «Mobiuz bilan birga» tarif rejasi ulangan faqat bitta raqam olish mumkin.
    • Agar «Mobiuz bilan birga» TR ulangan raqam bekor qilingan bo‘lsa va abonentning nomiga shu tarif rejasiga ulangan boshqa raqam olinmagan bo‘lsa (raqamning hozirgi holatidan qat’iy nazar), u «Mobiuz bilan birga» TR ga qayta ulanishi mumkin.
    • Foydalanilmagan daqiqalar/SMS/MB kelasi davrga o‘tkazilmaydi.
    • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda,raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi. 
    • Raqam 3 oy davomida bandlangan holda (balans manfiy) bo’lsa, kompaniya va abonent o’rtasidagi shartnoma bekor qilinadi, xizmat ko’rsatish to’xtatiladi.
    • **Tarif rejasiga kiritilgan 1000 daqiqa O‘zbekiston hududida Mobiuz abonentlariga qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.
    • Abonent to’lovini yechib olish paytida abonent hisobida 8400 so‘mdan kam mablag’ bo’lsa, raqam qisman bandlanadi va abonent “Aloqadaman” xizmati shartlariga ko’ra kiruvchi qo’ng’iroq va SMSlarni qabul qila oladi.
    • Amaldagi va 27.07.2023y. gacha ulangan abonentlar uchun:

    - Agar «Mobiuz bilan birga» tarif rejasidagi amaldagi va ulangan abonentlarda 27.07.2023y. gacha iyul uchun abonent to‘lovi muvaffaqiyatli yechib olingan bo‘lsa, abonent to‘lovini eng yaqin yechib olinishi va daqiqalar, MB va SMS hisoblanishi 01.08.2023y. bo‘ladi.

    Agar 01.08.2023y. da oylik to‘liq abonent to‘lovini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonent hisobida mavjud mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechib olish yoqiladi, daqiqa, MB va SMS to‘plamlari 1 kunlik hajmda beriladi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kunga suriladi.

    Abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tish, abonent hisobida abonent to‘lovining to‘liq miqdorini yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lganda amalga oshiriladi. Daqiqa, MB, SMS to‘plamlari to‘liq oy uchun hajmda hisoblanadi. Abonent to‘lovini yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

    1 kun uchun abonent to‘lovini yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘loviga teng miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirmaguncha blokda qoladi. Hisob oylik yoki kunlik abonent to‘lovining miqdoriga teng mablag‘ bilan to‘ldirilgandan keyin, mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha bloklash yechiladi. Abonent to‘lovini yechib olish va daqiqa, MB, SMS to‘plamlarini hisoblash, hisob to‘ldirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi (to‘ldirish mablag‘idan kelib chiqqan holdagi hajmlarda: to‘liq oyga yoki bir kunga).

     

    - Agar «Mobiuz bilan birga» tarif rejasidagi amaldagi va ulangan abonentlarda 27.07.2023y. gacha iyul uchun abonent to‘lovi yechib olinmagan bo‘lsa, raqam qisman bloklashda bo‘ladi. Bloklashdan chiqish uchun abonent balansni oylik abonent to‘lovi yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirishi kerak.

    To‘liq oy uchun abonent to‘lovini yechib olish va daqiqa, MB, SMS hisoblash, balans yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilganda amalga oshiriladi. Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

     

    • Yangi ulanishda (27.07.2023y. dan):

    - Agar yangi ulanishda abonent balansidagi mablag‘ 8400 so‘m yoki undan ko‘proq bo‘lsa, daqiqa, MB va SMS to‘plamlari to‘liq hajmda 1 kalendar oyiga hisoblanadi. Abonent to‘lovi to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi;

    Agar abonent balansidagi mablag‘ 8400 so‘mdan kamroq bo‘lsa, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokda bo‘ladi. Blokdan chiqish uchun balansni oylik abonent to‘lovi yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak. Balansni kerakli miqdordagi mablag‘ bilan to‘ldirish paytida abonent to‘lovini yechib olish va daqiqa, MB va SMS to‘plamlarini hisoblash, to‘liq hajmda (bir oy uchun) 1 kalendar oylik muddatga (balans to‘ldirilgan kundan boshlab) amalga oshiriladi.

     

    • Tarifga o‘tilganda (27.07.2023y. dan):

    - Agar o‘tish paytida abonent balansida 8 400 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejasini, avvalgi tarif bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlarining «Mobiuz bilan birga»TR bo‘yicha butun oy uchun hajmdagi MB, SMS to‘plamlari qo‘shilishi bilan birga, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. «Mobiuz bilan birga» bo‘yicha abonent to‘lovi ham to‘liq hajmda (bir oy uchun) yechib olinadi; Keyingi yechib olish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.

    1-misol: Abonent 29-iyulda «Mobi 20» TRdan «Mobiuz bilan birga» TRga o‘tmoqda, o‘tish narxi – 0 so‘m. Abonent balansida 9 000 so‘m mablag‘ mavjud (bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetadi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshadi. «Mobiuz bilan birga» bo‘yicha bir oylik abonent to‘lovi va o‘tish narxi, o‘tish amalga oshirilishi bilan, darhol yechib olinadi. «Mobiuz bilan birga» uchun keyingi abonent to‘lovini yechish sanasi – 29-avgust. «Mobi 20» TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari va «Mobiuz bilan birga»bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar amal qilish muddati 29-avgustgacha bo‘lgan holda qo‘shiladi.

     

    - Agar o‘tish paytida abonent balansida 420 so‘mdan 8399 so‘mgacha bo‘lsa, tarif rejasini, abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish va daqiqa, MB, SMS to‘plamlarini hisoblash bilan bo‘lgan, muvaffaqiyatli o‘zgartirilishi amalga oshiriladi. Bu holatda avvalgi tarif to‘plamlarining qoldiqlari bilan qo‘shish amalga oshirilmaydi

    2-misol: Abonent 29-iyulda «Mobi 20» TRdan «Mobiuz bilan birga» TRga o‘tmoqda, o‘tish narxi – 0 so‘m. Abonent balansida 3 000 so‘m mablag‘ mavjud (bir oy uchun to‘liq abonent to‘loviga yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tish amalga oshiriladi. «Mobiuz bilan birga» TR bo‘yicha 1 kun uchun abonent to‘lovi (420 so‘m) va o‘tish narxi uchun to‘lovni yechib olish o‘tish amalga oshirilgandan keyin, darhol amalga oshiriladi. «Mobiuz bilan birga» TR uchun keyingi har kunlik abonent to‘lovini yechish – 30-iyulda. Bu holatda Mobi 20 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi.  Faqat  amal qilish muddati 29-iyul kunining oxirigacha bo‘lgan, «Mobiuz bilan birga» bo‘yicha kunlik to‘plamlar (Mobiuz tarmog‘i ichida 34 daqiqa, 67 MB, 17 SMS) hisoblanadi.

     

    - Agar o‘tish paytida balansda 419 so‘m yoki undan kamroq mablag‘ bo‘lsa, tarifni o‘zgartirish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, lekin raqam balans to‘liq oy yoki kunlik abonent to‘lovini yechib olish uchun (tegishli hajmdagi to‘plamlarning hisoblanishi bilan) yetarli mablag‘ bilan to‘ldirilmaguncha mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi.

    3-misol: Abonent 29-iyulda «Mobi 20» TRdan «Mobiuz bilan birga» TRga o‘tmoqda, o‘tish narxi – 0 so‘m. Abonent balansida 200 so‘m mablag‘ mavjud (oylik ham, kunlik abonent to‘lovi uchun ham yetmaydi). Bu holatda o‘tish muvaffaqiyatli amalga oshiriladi, biroq o‘tish amalga oshirilgandan keyin, raqam mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokga tushadi. Blokdan chiqish uchun balansni 420 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirish kerak.

    Balans 420 so‘mdan 8399 so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ bilan to‘ldirilganda «Mobiuz bilan birga» TR bo‘yicha har kunlik abonent to‘lovi yechib olinib, tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 20 TR bo‘yicha to‘plamlar qoldiqlari kuyadi.

    Balans 8400 so‘m yoki undan ko‘proq mablag‘ bilan to‘ldirilganda, to‘liq oy uchun abonent to‘lovi yechib olinadi va tegishli hajmdagi to‘plamlar beriladi. Mobi 20 TRdagi to‘plamlar qoldiqlari va «Mobiuz bilan birga» TR bo‘yicha bir oylik to‘liq to‘plamlar qo‘shiladi. Amal qilish muddati – balans to‘ldirilgan paytdan boshlab 1 kalendar oyi.

    - Agar o‘tish paytida balansdagi mablag‘ 0 so‘mdan kamroq bo‘lsa, tarifni o‘zgartirish imkoniyati mavjud emas.

Barcha tariflar
Boshqa tariflar