Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Tariflar
Jozibali
25 000/1250 so'm
Abonent to‘lovi oyiga/kuniga
Tanlash
5000/167 daqiqa
Mobiuz abonentlariga, O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga va shahar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlarga oyiga/kuniga
15000/500 MB
Mobil internet oyiga/kuniga
1000/33
SMS oyiga/kuniga
Tarif haqida batafsil
  • O'zbekiston bo'yicha qo'ng'iroqlarning bir daqiqasi

    42,10 so‘mMobiuz abonentlariga, O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (oyiga 5000 daqiqa tugagandan keyin)

    42,10 so‘mShahar raqamlariga (oyiga 5000 daqiqa tugagandan keyin)

  • O'zbekiston bo'yicha 1 ta SMS-xabar

    0 so‘m Kiruvchi SMS-xabar

    42,10 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – MOBIUZ abonentlariga (1000 SMS tugagandan keyin)

    42,10 so‘mChiquvchi SMS-xabarlar – O‘zbekistonning boshqa mobil operatorlari abonentlariga (1000 SMS tugagandan keyin)

    1000 so‘mChiquvchi xalqaro SMS-xabarlar *

  • Internetning 1 MB trafigi

    126,31 so‘mInternetning 1 MB trafigi (oyiga 15000 MB tugagandan keyin)

  • Foydali buyruqlar:
    • *100#- balans, tarif rejasi va oylik to‘lovga kiritilgan daqiqa va MB to‘plamlarining qoldig‘ini bilish
    • *104# - xarid qilingan SMS-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish
    • *102# - xarid qilingan Internet-to‘plamlarning qoldig‘ini bilish
    «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq»

    Siz tarif rejasi bo‘yicha abonent to‘lovini har kunlik yechib olishga o‘tishni mustaqil ravishda o‘chirishingiz/ulashingiz mumkin.

    Boshqarish usullari:

    *111*000*1# - taqiqni yoqish

    *111*000*0# - taqiqni o‘chirish

    Xizmatning narxi – 0 so‘m.

    Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiqni faol va bloklangan holatda va birinchi abonent to‘lovi (raqamni ulagandan keyin) muvaffaqiyatli yechib olingandan keyin ulash/o‘chirish mumkin.

     Izohlar: 

    «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmati yoqilgan holatda, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq mablag‘ bo‘lsa, raqam bloklanadi. Blokdan chiqish uchun hisobingizni to‘liq oy uchun abonent to‘lovining qiymatigacha to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

    «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» o‘chirilgandan keyin, abonent to‘lovini yechib olish paytida hisobingizda to‘liq oy uchun abonent to‘lovidan kamroq, lekin 1 kun uchun abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini har kunlik yechib olish qo‘llaniladi va kunlik megabayt, daqiqa va SMS hajmlari taqdim etiladi.

    Abonent to‘lovi uchun hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmaganligi sababli blokda bo‘lgan holda, «Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq» xizmatini o‘chirsangiz va bunda hisobingizda 1 kunlik abonent to‘lovidan ko‘proq mablag‘ bo‘lsa, raqam hisob 0 so‘mdan ko‘proq bo‘lgan har qanday qiymat bilan to‘ldirilganda,avtomatik ravishda blokdan chiqadi.

    Har kunlik abonent to‘loviga o‘tkazishga taqiq xizmati yoqilgan paytda tarif rejasi o‘zgartirilganda – o‘tishga taqiq saqlanib qoladi.

  • Shartlar:


    • «Jozibali» tarif rejasiga 18.04.2023y. dan 30.06.2023y. gacha (shu jumladan) butun O‘zbekiston bo‘yicha Mobiuz shaxsiy ofislarida, hamda  dilerlar ofislarida ulanish imkoniyati mavjud.
    • 22.05.2023y. dan «Jozibali» tarif rejasiga ulanishda  «Tarmoqdan foydalanish imkoniyatini taqdim qilish» xizmati uchun bir martalik to‘lov olinmaydi.
    • «Jozibali» tarif rejasiga «Omad Plus», «Mobi 16», «Talaba», «Fidokor» va «O‘qituvchi 1» tarif rejalaridan mobil ilova orqali o‘tish imkoniyati mavjud.
    • Qo‘ng‘iroqlarni narxlash daqiqalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
    • Barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni narxlash 1-soniyadan boshlanadi. Qo‘ng‘iroq davomiyligi katta tarafga qarab yaxlitlanadi.
    • Internet-trafikni yaxlitlash kvanti 1 KB.
    • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan keyin darhol to‘liqligicha yechib olinadi;
    • Abonent to‘lovi abonent hisobida uni to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ bor bo‘lgan holatda,har oyning birinchi marta faollashtirilgan kunida yechib olinadi.
    • Agar abonent to‘lovini yechib olish payti kelganda, uni to‘liq yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lmasa, abonentning hisobidagi mablag‘lardan har kunlik abonent to‘lovini yechishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kunga suriladi.
    • Abonent hisobida abonent to‘lovini to‘liq miqdorda yechib olish uchun yetarli mablag‘ bo‘lsa, abonent to‘lovini oylik yechib olishga o‘tiladi. Abonent to‘lovini yechish sanasi 1 kalendar oyiga suriladi.
    • 1 kun uchun uchun to‘lovni yechib olish uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda, abonent mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokka tushadi va hisobni oylik yoki kunlik abonent to‘lovi miqdorida to‘ldirguncha qoladi. Hisobni oylik yoki kulik AT miqdorida to‘ldirilganda mablag‘ yetishmasligi bo‘yicha blokirovka yechiladi. Abonent to‘lovi hisob to‘ldirilgandan keyin darhol yechib olinadi.    
    • Balans nolga teng yoki manfiy bo‘lib qolganda, raqam qisman blokirovka qilinadi (qisman blokirovkada chiquvchi daqiqalar, SMS va internet bloklanadi) va abonent «Aloqadaman» xizmatining shartlariga muvofiq kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va SMS larni qabul qilishi mumkin bo‘ladi.
    • Bloklangan holatda abonent to‘lovi yechilmaydi;
    • Oylik abonent to‘lovi yechilish tartibida to‘plamlar to‘liqligicha 1 kalendar oy muddatga taqdim etiladi.
    • Abonent to‘lovini har kunlik yechib olish holatida, daqiqa, MB va SMSlar 1 kun uchun belgilangan miqdorda beriladi.
    • Ushbu tarif rejasiga yangi ulanilganda abonent to‘lovi darhol yechib olinadi. Abonent to‘loviga kiritilgan SMS,MB va daqiqalar to‘liq miqdorda beriladi.
    • «Jozibali» tarif rejasidan Faxriy, MOBIUZ bilan birga, Mobi 25 tarif rejalariga o‘tish narxi – 0.
    • "Jozibali" TRdan abonent to‘lovi pastroq bo‘lgan tarif rejalariga o‘tish narxi – 10 000 so‘m
    • "Jozibali" TRdan abonent tarifi yuqoriroq bo‘lgan tarif rejalariga o‘tish narxi – 4210,35 so‘m
    • "Jozibali" TRdan «Mobi 16», «Mobi 20», Gap Yo‘q Mini tarif rejalariga o‘tish narxi – 20 000 so‘m
    • "Jozibali" tarifida "Gap ko‘p” xizmatini ulash mumkin.
    • "Jozibali" tarif rejasida «Raqamni tiklash», «Raqam egasini o‘zgartirish» xizmatlaridan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
    • Markaziy Osiyo: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston va Qirg‘iziston.
    • MDH mamlakatlari: Аzarbayjon, Armaniston, Bеlarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ukraina.
    • Yevropa: Аvstriya, Albaniya, Andorra, Bеlgiya, Bolgariya, Bosniya va Gеrtsеgovina, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vеngriya, Gеrmaniya, Grеtsiya, Daniya, Isroil, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Kosovo, Latviya, Litva, Lixtеnshtеyn, Lyuksеmburg, Makеdoniya, Malta, Monako, Nidеrland, Norvеgiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Slovеniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Xorvatiya, Chеrnogoriya, Chеxiya, Shvеytsariya, Shvеtsiya, Estoniya.
    • Аmеrika, Afrika: Jazoir, Angilya, Angola, Antigua va Barbuda, Argеntina, Aruba, Bеrmud, Braziliya, Burkina-Faso, Burundi, Vеnеsuela, Gabon, Gaiti, Gambiya, Gana, Gvatеmala, Gonduras, Grеnada, Guam, Kongo Dеmokratik Rеspublikasi, Dominika, Misr, Kaymanov orollari, Kanada, Kеniya, Kuba, Libеriya, Madagaskar, Malavi, Mali, Marokko, Mеksika, Mozambik, Namibiya, Nigеriya, Tеrks va Kaykos orollari, Panama, Paragvay, Sudan, Samoa, Sеnеgal, Sеnt Vinsеnt va Grеnadin, Sеnt Kits va Nеvis, Sеnt Lyusiya, AQSH, Sеrra-Lеonе, Tanzaniya, Trinidad va Tobago, Tunis, Chili, Urugvay, Ekvador, El-Salvador, Efiopiya, JAR, Yamayka.
    • Osiyo: Afg‘oniston, Bangladеsh, Baxrеyn, Brunеy, Vyеtnam, Gonkong, Hindiston, Indonеziya, Iordaniya, Iroq, Eron, Yaman, Kambodja, Qatar, Xitoy, Liviya, Malayziya, Maldivi, Mongoliya, Nеpal, Oman, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Singapur, Suriya, Tailand, Tayvan, Yaponiya, Janubiy Korеya.


      Xalqaro aloqa uchun tariflar.

Barcha tariflar
Boshqa tariflar