Biz ijtimoiy tarmoqlarda
«MobiDRIVE» aksiyasi doirasida birinchi bosqich o‘yini

«MobiDRIVE» aksiyasi doirasida birinchi bosqich o‘yini

Hurmatli abonentlar!

19.09.2024 yilda ICTWEEK 2024 doirasida CAEX Mobiuz ko‘rgazma stendida va kompaniyaning rasmiy Instagram va YouTube sahifalarida jonli efirda «MobiDRIVE» aksiyasi doirasida o‘yin o‘tkazildi va birinchi bosqich g‘olibi aniqlandi.

G‘olib aniqlangandan so‘ng, abonent bilan bog‘lanish uchun bir necha bor urinishlar amalga oshirildi (jonli efirda va efirdan keyin kompaniya xodimlari tomonidan), ammo abonent aloqaga chiqmadi. Shuningdek, abonentga kompaniya ofisiga murojaat qilish zarurligi to‘g‘risida SMS-xabarnomalar yuborildi.

Abonent belgilangan muddat ichida (birinchi bosqich natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 25 ish kuni davomida) kompaniya ofisiga murojaat qilmagan, bu esa aksiyaning o‘tkazilish qoidalariga zid. Shu munosabat bilan, o‘yin natijalari haqiqiy emas deb topildi va bekor qilindi.

Birinchi bosqich natijalarini aniqlash 12.11.2024 yilda soat 15:00 da rasmiy Instagram va YouTube sahifalarida yana bir bor o‘tkaziladi.

Sizning ID g‘olib bo‘lgan holatda, xodimlarimiz sizga jonli efirda bog‘lanish imkoniga ega bo‘lishlari uchun, Sizdan, faol holatda qolishni va tarmoq qamrovi ichida bo‘lishingizni so‘raymiz.

Aksiya haqida batafsil maʼlumot.

Ro'yxatga qaytish